Londonning janubida haydovçi avtomobilda bir guruh piyodalarni bosib, yöl çetidagi panjaraga borib urildi. The Telegraph naşrining ma'lum qilişiça, voqea 26 fevralda Bellingem tumanida yuz bergan.
Avariya oqibatida 5 kişi jarohat olgan va şifoxonaga olib ketilgan. Şahardagi favqulodda hodisalar haqidagi ma'lumot çop etiluvçi @Kent_999s tvitter-akkauntida ma'lum qilinişiça, 3 kişi – ikki erkak va bir ayol oğir ahvolda.
Daily Star naşrining ta'kidlaşiça, avtomobil haydovçisi maşinani xavfli haydaş gumoni bilan hibsga olingan. Ma'lum qilinişiça, u mast holatda bölgan.


25 fevralda şunga öxşaş voqealar Germaniyaning Geydelberg şahrida hamda AQŞning Yangi Orlean şahrida yuz berdi. Geydelbergdagi hodisada haydovçi bir guruh odamlarni bosib ketişi oqibatida 3 kişi jarohatlandi. Erkak voqea joyidan yaşirinmoqçi bölganda, politsiya tomonidan qölga olingan. Yangi Orleandagi fojiada mast holatda bölgan yoş yigit odamlarni bosib ketişi oqibatida 50 ga yaqin kişi jarohatlangan.













