Barselonadagi MWC 2017 körgazmasida Huawei kompaniyasi ikki flagmanini taqdim etdi — Huawei P10 va P10 Plus.

Uşbu ikki smartfon avvalgi modeldan farqli ravişda nafaqat asosiy kamera, balkim old kamerada ham Leica optikasi örnatilgan. Asosiy kamera 12 va 20 megapikselli ikki moduldan iborat. Bundan taşqari, kompaniya aniqlaş tizimining yaxşilanganini ma'lum qildi. Ekran atrofidagi ramka 50 foizga yupqaroq qilindi. 

Huawei P10 5,1 dyuymli Full HD ekran bilan jihozlangan. Şuningdek, unga 4 GB tezkor va 32 GB doimiy xotira va 3200 mAs akkumulyator örnatilgan. 

Huawei P10 Plus esa 5,5 dyuymli Quad HD ekraniga ega bölib, unda 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira (6 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega versiyasi ham mavjud) va 3750 mAs akkumulyator mavjud. 

Smartfonlar 2,5 GGts taktli çastotada işlaydigan 8 yadroli HiSilicon Kirin 960 protsessorida işlaydi. Şuningdek, ular LTE cat 12, Wi-Fi (802&11 a/b/g/n/ac), NFC, Bluetooth 4.2, USB Type-C porti va Huawei SuperCharge 3.0 tezkor zaryadlaş funksiyasini ham qöllab quvvatlaydi. 

Huawei P10 va P10 Plus 2017 yilning mart oyidan sotuvga çiqadi. Ularning dastlabki bahosi 649 yevro va 699/799 yevro qilib belgilangan.