Baffi laqabli it Angliyaning Oksfordşir grafligidagi öz şahrida maşhur it hisoblanadi. Buning sababi "oddiy" – it şunçaki jilmayişni biladi va bu bilan har bir odamni unga javoban tabassum qilişga majbur qiladi.    

The Daily Mirror naşrining ma'lum qilişiça, 13 yoşli jyek-rassel-terer zotidagi it hattoki muntazam ravişda öz muxlislaridan birgalikda selfiga tuşiş iltimoslarini oladi.

Baffining egasi, maktab farroşi bölib işlaydigan 49 yoşli Jill Koksning aytişiça, u iti jilmayişini 4 yil avval payqab qolgan. Hozirda Baffi bir kunda bir neça martalab "jilmayadi".

"U buni kuniga bir neça martalab qiladi – uxlaganida, boğda yurganida, ovqatini kutayotganda", deb aytmoqda ayol.

Ayolning aytişiça, odamlar özlarini yomon his qilganlarida itning suratini ularga yuborişni söraydilar.