Toşkent şahar Yakkasaroy tumani IIB xodimlari internet-klublari va tungi klublarda profilaktika reydlari ötkazmoqda.
Ötgan haftada huquq-tartibot organlari xodimlari "Quşbegi" va "Dilbuloq" mahallalaridagi tungi klublar, internet klublar va köngiloçar maskanlarda bölişgan. Ular klublar xöjayinlari bilan gaplaşib, kompyuter klublari va tungi klublarda soat 22:00dan keyin voyaga yetganlar hamrohligida bölmagan ösmirlar kelişi mumkin emasligi, aks holda tegişli çoralar qöllanişi haqida ogohlantirişgan.
"Yakkasaroy", "Meros", "Töqimaçi" va "Muhandis" mahallalarida militsiya xodimlari pasport-viza rejimini tekşirişgan. "Abdulla Qahhor", "H.Sulaymon", "Bobur" va "Damariq" köçalarida profilaktika hisobidagi şaxslar bilan suhbatlar ötkazilgan.
Bunday tadbirlar butun respublika böylab ötkazilmoqda.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ötgan oyda Içki işlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammolar va kamçiliklarga bağişlangan videoselektorda haftaning har payşanba kunini jinoyatçilikning oldini oliş va profilaktika kuni deb e'lon qilişni taklif etgan edi.












