Avtomobili va özining haydovçilik tajribasiga işongan kamdan-kam insonning bu yöllardan ötişga yuragi dov beradi. Ba'zi bir yöllarni navigatorlarda “soğliq uçun xavfli” deb belgilab qöygan ma'qul. Haqiqatdan ham, dunyoda şunçalik ğalati va qörqinçli yöllar borki, ularni qurişmaganda qançadan-qança insonning hayoti saqlanib qolingan bölardi. Biz 12ta eng xavfli yöllarni izlab topdik – ularda hattoki eng tajribali haydovçilarning qörqmasdan yurişi ham katta söroq ostida.

Asosan şağalli yöl bölib, yoqilği olib yuruvçi yuk maşinalari uçun qurilgan, biroq yölning köp qismida qor köçkilaridan ogohlantiruvçi belgilar qöyilgan. Şuningdek bu yölda öta ingiçka muz qatlami bölib, yilning sovuq paytlarida juda kuçli şamollar kuzatiladi.

Himolay toğlari manzarasidan bahramand böliş – uşbu yölda harakatlanmoqçi bölgan haydovçi uçun yoqimli bölgan atigi bir narsadir. Juda ham köp transport vositalari qatnaydigan asfalt yölning bir neça qismlarida tirbandliklar xuddi suv toşqinlari hamda öpirilişlar kabi tez-tez uçrab turadi.

Bu 8 kilometrlik yölda hattoki öta keskin burilişlar ham yaxşi ob-havo paytida unçalik qörqinçli emas, biroq pörtana yuz berişi bilan yölga har soniyada kuçli tölqinlar yopiriladi.

Bu ölkalarda kuzatiluvçi sovuq ob-havo avtomobili dvigateli kerak bölmagan paytda va yerda töxtab qolgan istalgan sayyohning hayotiga xavf solişi mumkin. Darvoqe, uşbu yöl Stalin davrida minglab mahbuslar yordamida qurilgan.



















