O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, YuNeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda olimpiya zaxiralari kollejlari mutaxassislari, sport federatsiyalari vakillari, o‘qituvchilar va sportchilar ishtirok etmoqda.
2016 yili O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti hamkorligida tayyorlangan loyiha Dopingga barham berish bo‘yicha YuNeSKO jamg‘armasi tomonidan tasdiqlandi.
Loyiha doirasida sportda dopingga qarshi kurash bo‘yicha xabardorlikni oshirish borasida o‘quv qo‘llanma professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek va rus tillarida tayyorlandi va nashr etildi. "Sportda dopingga qarshi kurash" mavzui O‘zbekistondagi olimpiya zaxiralari kollejlari o‘quv dasturlariga kiritiladi va o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur seminar ham sportda dopingga qarshi kurashni yanada kuchaytirish, murabbiylar va sportchilarning bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.










