O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida uzoq muddat xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs Turkiya hududida aniqlanib, qo‘lga olindi.
Xabar qilinishicha, Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan ayblanib qidiruvda bo‘lgan M.B. Turkiyada yashirinib yurgan vaqtida aniqlanib, tegishli tartibda O‘zbekistonga qaytarildi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan ayblanib qidiruvda bo‘lgan J.B. ham Turkiya hududida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarildi.
Mazkur shaxslar tergov va sud jarayonlarini davom ettirish uchun vakolatli organlarga topshirildi.











