Moments in Time portalida BMW “yetti” (Ye38 kuzovida) sotilişi haqida e'lon paydo böldi. Ta'kidlanişiça, aynan şu maşinada taniqli xip-xop ijroçi Tupak Şakur otib taşlangan. Avtomobilning qiymati 1,5 million dollarga teng.

Asosan 2Pac taxallusi bilan ijod qilgan Şakur 1996 yilda Las-Vegasda öldirilgandi. Jinoyatçilar içida xonanda bölgan BMW’ni boşqa maşinadan turib öqqa tutişgan. Şakur bir neça kundan söng kasalxonada hayotdan köz yumgan. Öq uzgan şaxslar haligaça topilmagan.

Röy bergan hodisadan keyin “yetti” – uzun nusxadagi 750i – politsiya tomonidan musodara qilindi, keyinçalik esa xususiy şaxslardan biriga sotib yuborildi. Tört eşikli transport vositasi bir neça insonning qölidan ötib, unda kerakli ta'mirlaş işlari ham olib borilgan, biroq öq izlari hamon saqlanib qolgan – eşiklarning içki elementlarida. BMW 145 ming kilometr masofa yurgan.

Motor1 portalining ta'kidlaşiça, ötgan yili oçiq savdolarda Tupak Şakurning öziga tegişli bölgan avtomobillardan biri sotib yuborilgandi. Bu 1996 yilda çiqarilgan Hummer H1 bölib, qiymati kamida 340 ming dollarga baholandi.