2017 yilning 1 mart kuni Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Boş kotibining siyosiy masalalar böyiça yordamçisi Miroslav Yençani qabul qildi. Bu haqda ÖzR TIV Matbuot xizmati xabar beradi.
Suhbat davomida ta'kidlanganidek, 1992 yilning 2 mart kuni BMTga xalqaro munosabatlarning tölaqonli sub'yekti sifatida qöşilgan Özbekiston BMT nufuzining oşişi va salohiyatining kuçayişiga hamda uning Nizomida körsatilgan maqsad va vazifalarni amalga oşirişda munosib hissa qöşmoqda.
Uçraşuvda Özbekiston va BMT örtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhakama qilindi, şuningdek, xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almaşildi.
Suhbatda BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganov iştirok etdi.












