APLning 8ta klubi yanada köproq mablağ işlab topiş maqsadida Sporting Group International kompaniyasi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda Mirror naşri xabar tarqatdi.
Manbaga köra, kompaniya klublar formasidagi çap qöl qismidagi böş joyga reklamalar joylaştiriş bilan şuğullanadi. Jamoalar buning evaziga yiliga qöşimça 10 million funt sterlinggaça işlab topişi mumkin böladi. Qöl qismidagi reklama joyi titul homiysi tölaydigan pulning 20 foizini taşkil qilişi kutilmoqda. Misol uçun «Mançester Yunayted titul homiy sifatida Chevrolet‘dan yiliga 47 mln. funt olsa, endi qöl qismidagi reklama uçun uşbu mablağning 20 foizi, ya'ni salkam 10 mln. funt qöşimça daromadga ega böladi. Bir vaqtning özida APL logotipi futbolkaning öng qöl qismidagi joyini saqlab qolaveradi.
Uşbu masala böyiça kelişuv kelgusi mavsumdan kuçga kirişi aytilmoqda. Hozirça 8ta klub bu böyiça şartnomaga imzo qöygan, biroq yana 2 klub titul homiy bilan kelişuvga binoan kiyimda boşqa logotipdan foydalaniş huquqi yöqligi uçun bu şartnomani imzolay olmaydi.












