BMTning oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti prognozlariga köra, Özbekiston joriy yilgi mavsumda (iyul-iyun) don importini 2,737 mln tonnagaça qisqartiradi. 

Ötgan mavsumda don importi hajmi 2,906 mln tonna bölgandi.

Özbekistonning özida bu yil buğdoy hosili yaxşi bölişi kutilayotgani va mahsulotning katta zaxiralari töplangani evaziga import hajmi qisqartirilişi uçun şaroit yuzaga kelgan. Bu mavsumda 7,905 mln tonna don hosili olinişi kutilmoqda (ötgan yildagiga nisbatan -3 foiz), şundan 6,748 mln tonnasi (-3 foiz) buğdoy.

Buğdoy importi hajmi 2,5 mln tonnagaça tuşadi. Özbekistonga yuqori sifatli buğdoy va un yetkazib beruvçi mamlakat Qozoğiston hisoblanadi (yiliga örtaça 400 ming tonna atrofida un eksport qilinadi).

Qayd etiş kerakki, 2016 yilning kuzida Özbekistonda yoğingarçilik yetarli darajada böldi va bu don mahsulotlari hosildorligi yuqori bölişini ta'minlaydi.