Germaniyaning Flensburg şahri atrofida ötlovçi sigirlar podasiga yovvoyi buğu kelib qöşildi. Bu haqida Local naşri xabar berdi. 

Mahalliy aholi buğuni ikki yilça avval sezişgan. U muntazam ravişda sigir podasiga kelib qöşilib, ular bilan birga vaqt ötkazgan. Ba'zan jonivor örmon tomon ketib, bir neça hafta yoki oy yöq bölib ketgan, biroq doim ortiga qaytgan. Şoxlariga qaraganda, u kamida 5 yoşda. 

"Ehtimol, u sigirlar orasida özini ança xavfsiz his qilar, çunki bu yerda uni heç kim ovlamaydi", - deydi Germaniyaning Tabiatni muhofaza qiliş assotsiatsiyasi xodimasi Katrin Kox. Bundan taşqari, uning sözlariga köra, jonivorni qoramollar ozuqasi hisoblangan xaşak jalb qilgan bölişi mumkin. 

"Hozir u özini sigir hisoblasa kerak", - deya hazillaşadi taşkilot boşqaruvçisi Gerd Kemmer. Buğu odamlarga ança örgangan.