«Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte yozda boşqa jamoa boşqaruvini qölga olişga rozilik bildirgan.

Football Italia naşrining Tuttosport‘ga asoslanib xabar berişiça, 47 yoşli mutaxassis «Inter»ning yangi rahbari, Xitoyning Suning kompaniyasi tomonidan taklif qilingan maoş miqdori yiliga 15 mln yevrogaça oşirilganidan söng bu taklifga rozilik bildirgan.

Yaqin orada, Suning huquqşunoslari «aristokratlar» xöjayini Roman Abramoviç bilan murabbiyning şartnomasini bekor qilinişi yuzasidan muzokaralar olib borişi kutilmoqda.

Kontening «Çelsi»dan ketişiga sabab sifatida, mutaxassisning klub rahbarlari bilan yaxşi munosabat örnata olmagani körsatilmoqda.

Eslatib ötamiz, «Çelsi» APLning 26 turidan keyin 63 oçko jamğarib peşqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin ta'qibçisini 10 oçkoga ortda qoldirib ketgan.

Konte ilk mavsumdayoq missiyani yakunlab, Italiyaga qaytişi mumkin