Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nihoyat: ukrainaliklar YeIga vizasiz kira olishadi
Yevroparlament va YeI Kengashi vakillari Ukraina bilan viza tartibini bekor qilish bo‘yicha norasmiy ravishda kelishib olishdi. Bu haqda Yevroparlamentning rasmiy saytida ma'lum qilingan.
«Ukraina fuqarolari norasmiy kelishuv doirasida YeIga kirishlari mumkin. O‘zgarishlar kuchga kirganidan so‘ng, biometrik pasport egalari YeIga 180 kunlik davrning 90 kuni mobaynida biznes, sayyohlik va oilaviy safarlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi», — deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, unda vizasiz tartib ishlash huquqini bermasligi alohida ta'kidlangan. Bundan tashqari, vizasiz bordi-keldi tartibi Buyuk Britaniya va Irlandiya hududiga joriy qilinmaydi.
Endilikda, bu kelishuvni Yevroparlamentning soha qo‘mitasi va YeI Kengashi tasdiqlashi kerak.
Mavzuga oid
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026