Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 28 fevral kuni Toşkentga amaliy taşrif bilan kelgan Rossiya Taşqi razvedka xizmati direktori Sergey Narişkinni qabul qildi. 

ÖzA xabariga köra, prezident mehmonni qutlar ekan, ikki mamlakatning zamonaviy tahdid va xavf-xatarlarga qarşi kuraşiş sohasidagi özaro hamkorligi yuksak darajada ekanini alohida ta'kidladi. 

Suhbat çoğida ekstremizm, terrorizm, narkotrafik va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş masalalariga alohida e'tibor qaratildi. 

S.Narişkin qabul uçun Şavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ezgu tilaklarini yetkazdi. 

Rossiya Taşqi razvedka xizmati direktori davlatlar xavfsizligini ta'minlaş borasidagi dolzarb vazifalarni bajarişdagi özaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.