Yevrokomissiya Brexit sababli Yevropa Ittifoqida yuzaga kelgan inqirozdan çiqişning bir neça variantini işlab çiqdi. Bu haqda Euronews telekanali xabar bermoqda.
Yevrokomissiya boşliği Jan-Klod Yunker boşçiligida Yevropa Ittifoqining Buyuk Britaniyasiz kelgusi rivojlanişining 5 ta ssenariysi yaratildi. Ular "Oq kitob"ga birlaştirildi. Bu hujjat 1 martda imzolanişi kerak. Bu hujjat Rimda 25 martda ötadigan Yevropa Ittifoqi sammitida muhokama qilinadi.
Uşbu ssenariylar quyidagiça nomlangan: "Kamroq, biroq samaraliroq qiliş", "Birgalikda köproq qiliş", "Uşbu yönalişni davom ettiriş", "Faqat yagona bozor", "Kim köproq olmoqçi bölsa, köproq qilişi kerak". Yunkerning aytişiça, "barça muammosiz birga işlaşi mumkin deb tasavvur qilingan davrlar ötdi".
Taklif qilinayotgan variantlar Şarqiy Yevropa davlatlari tomonidan tanqidga uçradi. Ular Yevropa Ittifoqi tomonidan beriladigan yordam pullari kesib taşlanişidan xavotir bildirişmoqda. Ma'lum qilinişiça, uşbu rejalar Yevropa institutlari tizimi va amaldagi şartnomalarning jiddiy özgarişiga olib kelmasligi taxmin qilinmoqda.












