Toshkent shahridagi Mirobod bozori to‘g‘risida, Mirobod ko‘chasida buzilayotgan umumiy ovqatlanish va savdo nuqtalari o‘rniga ko‘p qavatli uylar quriladi. Bu haqda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasida ma'lum qilindi. Mirobod tumani hokimiyatida ham bu ma'lumot tasdiqlangan.
Ma'lum qilinishicha, bu yerda 5 ta zamonaviy turar joy majmuasi qurish rejalashtirilgan. Qurilish loyihasi tasdiqlanishga berilgan.
Mirobod hokimiyatida buzish ishlari 1-2 oyda yakunlanishi ma'lum qilingan.















