Moldova hukumati respublikaning Moskvadagi elçisi Dumitru Bragişni çaqirib oldi. 1 mart kuni vazirlar mahkamasi yiğilişida şunga muvofiq qaror çiqarildi. Bu haqida "Lenta.ru" naşri xabar berdi. 

Moldova TIV diplomatning nima uçun Rossiya poytaxtidagi faoliyatini töxtatişi sabablari haqida ma'lum qilmagan. Qonunga muvofiq, hukumat qarori mamlakat prezidenti tomonidan imzolanişi kerak. 

Uç kun avval Dodon AQŞ va Ruminiyaning Kişinyovdagi elçilaridan uning faoliyatiga aralaşişni bas qilişni talab qilgan. Bunga elçilarning AQŞ, Ruminiya va boşqa mamlakatlarning hamkorlikdagi harbiy öquv maşğulotlarida moldovaliklarning iştirok etmasligi yuzasidan bildirgan fikrlari sabab bölgan.