Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumanini 2017-2018 yillarda iqtisodiy rivojlantiriş va bandlikni ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq tumanida xalqaro miqyosdagi turizm maskanini taşkil etiş böyiça çora-tadbirlar majmuini tasdiqladi.
Bu tumanda Moynaq City Center savdo-turizm majmuasi taşkil qilinadi. Bu loyiha doirasida mehmonxona, “Kitoblar dunyosi”, sovğalar kioski, fitness-markazi, gözallik saloni, optika, internet kafe böladi.
Sayyohlarga Orol dengizi qirğoqlari böylab kvadrosiklda uçiş, Orol dengizi unikal minerallariga töyingan balçiq bilan davolaş, Orolning sertuz davolaş vannalarini qabul qiliş kabi xizmatlar taklif etiladi.
Xalqaro turistik hamjamiyat e'tiborini jalb qiliş maqsadida "Orol va Möynoqning qayta tiklanişi" mavzuida har yili xalqaro Ekofestival, "Orol dengizi baliqlaridan 99 turdagi taomlar" nomli Gastronomik festival ötkaziladi hamda qoraqalpoq xalq şoirlari Berdax va Ajiniyazga bağişlangan Xalqaro musiqiy-şe'riy festivallar taşkil qilinadi.
Bundan taşqari, hududning tabiati, hayvonot olami va tuman aholisining an'analari, urf-odatlari haqida videoroliklar tayyorlaş uçun "Moya Planeta", National Geographic, Animal Planet, Viasat Explore kabi yetakçi telekanallar taklif etiladi.
Zarur infratuzilmani rivojlantiriş işlari ham e'tiborga olingan. Mahalliy Ölkaşunoslik muzeyi qayta rekonstruksiya qilinadi va dengiz haqidagi tarixiy fotosuratlar va videoyozuvlarni namoyiş qiluvçi zamonaviy 3D texnologiyalar bilan jihozlanadi.
Qurib borayotgan Orol dengizi ramzi sifatida uning qirğoğida Möynoq mayoği va unga yondoş holda "dengiz tölqini şovqini" musiqasi foni bilan kuy taratuvçi kafe-restoran quriladi.
Orol dengizining qurib qolgan hududidagi 11 kema qayta tiklanadi va ularga qiziqiş yuqori bölgan sayyohlar keluvçi mamlakatlar nomi beriladi.
Hunarmandlik faoliyatini rivojlantirişga ham alohida e'tibor qaratiladi. Xususan, Orol mavzusi va dengizni tasvirlovçi suvenirlar işlab çiqariş yölga qöyiladi, qoraqalpoq va Möynoq an'analari timsoli tuşirilgan gilam töqiş böyiça hunarmandlik sexi taşkil etiladi.
Möynoqning töqimaçilik mahsulotlari va suvenirlarini sotiş böyiça Nukus, Urganç, Xiva, Buxoro, Samarqand, Toşkent va boşqa yirik şaharlarda savdo rastalari taşkil etiladi.












