Bugungi globallaşuv zamonida yoşlarning qalbi va ongini egallaş uçun mislsiz kuraş bormoqda. Hayotning turli sohalarida namoyon bölayotgan bunday xurujlar, ayniqsa, axborot sohasida eng avj pallasiga çiqqan. Çunki, ayni paytda, uşbu soha kirib bormagan dunyoning biror nuqtasini topiş muşkul. Boşqaça aytganda, qayerdaki elektr manbai bulsa, u yerda axborot almaşuvi yuz bermoqda, kişilar har qanday yangilikdan bir zumda boxabar bölişmoqda.
Ammo, «tanganing ikkinçi tomonini» ham unutmaslik lozim, barça axborotni ham foydali va xolis deb baholab bölmaydi. Ta'bir joiz bulsa, ularning keraklisidan keraksizi, foydalisidan xavflilari köproqdir. Yoşlar ijtimoiy tarmoqlarsiz hayotini tasavvur eta olmaydigan, bu hol kundalik odatga aylangan bir paytda, bunday jarayon kişini muşohadaga çorlaydi, sergak torttiradi. Hayot tajribasi va bilimi yetarli bölmagan yoşlar bu uydirmalarni, «usti yaltiroq, içi qaltiroq» çorlovlarni real haqiqat sifatida qabul qilişmayaptimi? Ularga kör-körona ergaşilmasligiga kim kafolat beradi? Ayrim buzğunçi mafkuraviy markazlar tomonidan ilgari surilayotgan «ommaviy madaniyat» deb nom qozonayotgan unsurlar kelajak avlodni ğarazli maqsadlarga yetaklab, ayrim guruhlarning boyişiga xizmat qilayotgani kunday ayon. Açinarlisi, milliy qadriyatlarni söndirib, insonni soğlom hayot, teran fikrlaşdan yiroqlaştirişga urinayotgan bunday illatlar millat ildiziga, ma'naviyatga bolta bölib urilmoqda.
Internet çangalzorlaridagi «sarguzaştalar»
Ijtimoiy tarmoqlar katta imkoniyatlar hadya etayotgani bilan ham e'tiborda. Jumladan, ular «bozor» vazifasini ham bekam-u köst bajarmoqda. Ammo, bunday virtual «gipermarket»larning mahsulotlari odatiy bozorlardagidan farq qiladi. Ya'ni, ularning mahsulotlari turli-tuman axborotlar yiğindisidan iboratdir. Bunday axborotlar olami ajabtovur dunyoni hosil etadi. Kuzatasiz – soxtalik, qalloblik, yolğon sovğa, xiyonat, nafrat, pastkaşlik, çayqovçilik, da'vat, çorlov, tahqirlaş, kamsitiş kabi manzaralar.
Jahondagi millionlab kişilar allaqaçon uşbu tarmoqlardan birining asiriga aylangan. «Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmoği ana şulardan biri. Yurtdoşlarimiz orasida ham mana şu tarmoqning «şinavanda»lari talaygina. Negaki, insonlarni hayotiy taşvişlardan, kundalik yugur-yugurlardan çalğitişda, har qanday qadriyat va insoniy tuyğularga yengil-yelpi qaraşga örgatişda ijtimoiy tarmoqlar eng samarali «qurol» bölib xizmat qilmoqda. Köp kuzatamiz: ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, «odnaklassniki.ru»da maktab öquvçilaridan tortib, katta yoşli insonlarning «profili» ham mavjud. Ularning nomlari ham nihoyatda ğayrioddiy: «Senga muhtojman», «Ya prosto Xuligan», «Yuragingni yagonasiman», «Ismimni qalbinga yoz», «Otasini erkasi», «Sevgi yölida Majnuningman» va hokazo. Ayrimlarini hatto öqişga ham uyaladi kişi. Vaholanki, ism va nasab yozilişi kerak bölgan «profil»ni bunday nomlar bilan ataş yanada e'tibor tortadi, köproq «döst» jalb etadi. Muqaddas tuşunçalar töğrisidagi yoşlarning bir-biri bilan almaşayotgan sayoz fikrlaridan dahşatga tuşmaslikning iloji qolmaydi. Imlo qoidalari esa göyo virtual dunyoda heç qanday ahamiyatga ega emasdek. Şaxsiy «profil»larga qöyilgan suratlarda behayolik, andişasizlik, zöravonlik ufurib turadi. Eng yomoni, «ommaviy madaniyat» niqobi ostida başariyat tanazzulini istovçi buzğunçi kuçlar hayot davomiyligining eng asosiy böğini – oilani parokanda etişga kirişişgan.











