Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oilaviy plastik kartalar paydo bo‘ldi
Uzcard milliy to‘lov tizimi Uzcard Family yangi loyihasini ishga tushirdi. U bir hisobga qo‘shimcha kartalar chiqarish imkonini beradi.
Uzcard Family oilaviy kartasi bu to‘lov kartasi bo‘lib, oila hisobini yanada qulaylik hamda qo‘shimcha kartalar yordamida boshqarish imkonini beradi. Kompaniyadan ta'kidlashlaricha, bunda oilaning barcha a'zolari hisobdan foydanishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, loyiha haqida 2015 yilning aprel oyida e'lon qilingandi.
Hisob egasi oilaning har bir a'zosi tomonidan yechib olinadigan naqd pullarga limit o‘rnatish, shuningdek ular mahsulot va xizmatlarga ishlatishi mumkin bo‘lgan mablag‘ni cheklash imkoniga ega. Shu bilan birga, hisob raqami egasining xohishiga ko‘ra, uning mobil telefoniga qo‘shimcha kartalarning har biri bo‘yicha moliyaviy amaliyotlar haqida sms-xabarnoma kelishi mumkin.
Qo‘shimcha kartalarni nafaqat oila a'zolari va qarindoshlarga, balki barcha do‘stlar, sheriklarga ham ochish mumkin.
Mavzuga oid
13:42 / 31.03.2026
O‘zbekistonda 2026 yil boshida qanday avtomobillar sotildi?
13:09 / 31.03.2026
2025 yilda O‘zbekistonda real ish haqining o‘sishi tezlashdi
15:37 / 25.03.2026
John Deere O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
18:39 / 20.03.2026