"Al-Qoida" terrorçilik taşkiloti AQŞ boşçiligidagi xalqaro koalitsiya Suriyada terrorçilik taşkilotining yetakçilaridan biri Abu al-Xayr al-Masriyni yöq qilganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Avvalroq AQŞ razvedkasidan bölgan amaldor al-Masriy uçuvçisiz parvoz qurilmasining zarbasi oqibatida yöq qilinganini ma'lum qilgan.

Razvedka vakili ma'lumotlariga köra, 26 fevralda Suriyaning şimolida Markaziy razvedka boşqarmasi droni al-Masriy ketayotgan maşinaga raketa bilan zarba bergan.

Terrorçi "Al-Qoida"da uning yetakçisi Ayman al-Zavaxiriydan keyin "ikkinçi odam" hisoblangan.