AQŞ milliy xavfsizlik vazirligi çegaralardagi “ekstremizmga tekşiruvdan ötkaziş” samarasiz ekanini tan oldi. Tramp ma'muriyati ğoyasiga köra, undan Qöşma Ştatlarga “terrorçilik eksportçilari” deya ataluvçi mamlakatlardan keluvçilarning barçasi ötkazilişi kerak.
Mahkama tomonidan tayyorlangan hisobotga köra, AQŞga kelgan ekstremistlarning aksariyati Amerikada bir neça yil yaşagan keyin radikal kayfiyatda böla boşlagan.
“Bu mamlakatga terrorçilar kirişining oldini olişga yönaltirilgan skrining imkonini sezilarli darajada çeklaydi”, - deya ta'kidlanadi hujjatda.
Bu hisobot Donald Trampning Qöşma Ştatlarga yetti musulmon davlatlar fuqarolarini kiritmaslik böyiça rejasiga yana bir zarba bölib tuşişi aniq. Davlat rahbarining fikriça, aynan uşbu mamlakatlardan eng jiddiy terrorçilik tahdidi kelar ekan.












