Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Toşkent viloyati Angren tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda kiçik hajmli töpponça sotişga uringan şaxsni qölga olişdi. Bu haqda Sputnik Özbekiston xabar tarqatdi.
Xabarda aytilişiça, angrenlik 46 yoşli Baxtiyor Yöldoşev avtoruçka körinişidagi töpponça va uning 5,6 mm kalibrli töqqizta öqini sotişga uringan. U bu qurolni uzoq vaqt davomida uyida noqonuniy saqlab kelgan.
"Söroq jarayonida Yöldoşev uşbu qurolni bir paytlar SSSR qurolli kuçlari tarkibida Afğonistonda xizmat qilgan Angrenda yaşagan notaniş rus kişisidan olganini ma'lum qildi. Ballistik ekspertiza xulosasiga köra, uşbu avtoruçka-töpponça öqotar qurol hisoblanadi hamda foydalanişga yaroqli holatda", — degan MXX xodimi.
Angren tumani IIB Baxtiyor Yöldoşevga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalariga qonunga xilof ravişda egalik qiliş) böyiça jinoyat işi qözğatdi. Jinoyat işlari böyiça Angren şahar sudi hukmiga köra B.Yöldoşev 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, deyiladi xabarda.












