2 mart kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Avstraliyaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi (qarorgohi Moskva şahrida) Piter Martin Teşni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.

Elçi Özbekiston prezidenti nomiga yöllangan işonç yorliqlarini topşirdi.

Suhbat davomida Özbekiston-Avstraliya munosabatlarini rivojlantirişning hozirgi holati va ustuvor yönalişlari, şuningdek, BMT va boşqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uçraşuvda mavjud imkoniyatlardan töliq foydalaniş maqsadida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş uçun yangi marralarni birgalikda belgilaş imkonini beruvçi vazirliklararo siyosiy maslahatlaşuvlarni ötkaziş amaliyotini davom ettirişdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Muzokaralar çoğida savdo-iqtisodiy va investitsion aloqalarni kengaytiriş, özaro manfaatli loyihalarni birgalikda amalga oşiriş istiqbollariga alohida e'tibor qaratildi.