Instagram ijtimoiy tarmoğidagi «Yesjye, ya priyezjiy!» sahifasida bir video paydo böldi. Unda qizil çiroqda maşinalar orasida tilançilik qilib yurgan 13-14 yaşar bolaning bir maşina oldiga kelgani va pulga raqsga tuşib bergani aks etgan.
Bolakay tiqilinçda turgan maşina oldiga keladi va sadaqa söramoqçi böladi. Haydovçi undan qayerdan ekanligini söraganida u Tojikistondan ekanligini aytadi. Haydovçi undan qölidan nima iş kelişini söraganida bola musiqa qöydiradi va raqsga tuşib beradi. Uni videoga olayotgan maşina egasi va salonda bölgan boşqa yigit va qizlar bolaning ustidan kulişadi.
Voqea qayerda sodir bölganligiga oydinlik kiritilmagan.
Töğri,bu qayerdadir bölgan, bizga unçalik ham ahamiyati yöqdek tuyuladi. Biroq köça-köyda, yer osti ötiş yölaklarida tilançilikni öziga kasb qilib olganlarni, buning uçun turli nağmalarga tuşayotganlarni özimizda ham uçratib turamiz. Ota-bobolarimiz tilançilikni kasb qilib olişni qattiq qoralaşgan, çunki bu jamiyatda boqibeğamlikni, tekintomoqlikni, buning ortidan esa tanazzulni keltirib çiqaradi. Halol mehnat va harakat kişini, albatta, kişi martabasini uluğ qiladi.











