Joriy yilning 2 mart kuni Özbekiston Respublikasi Davlat raqobat qömitasi raisi Davron Xidoyatov Fransiya rivojlantiriş agentligi vakillari bilan uçraşdi. Bu haqda Davlat raqobat qömitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Uçraşuvda respublikada agrar islohotlarni ötkaziş, mahalliy va eksportga yönaltirilgan qişloq xöjalik mahsulotlari bozorini tarkiblaştiriş, qişloq xöjaligini diversifikatsiya qiliş strategiyasini işlab çiqiş hamda uni bosqiçma–bosqiç erkinlaştiriş va raqobatbardoşligini oşiriş masalalari muhokama qilindi. Fransiya rivojlantiriş agentligining Toşkentdagi byurosi rahbari janob Rafael Jozan körsatilgan e'tibor uçun öz minnatdorçiligini bildirdi.

Bölib ötgan muloqotda mamlakatda qişloq xöjaligini rivojlantiriş, şu jumladan boğ maydonlari hajmlarini köpaytiriş, muzlatiş kameralari quvvatlarini oşiriş, qişloq xöjalik mahsulotlarini qayta işlaşni yanada takomillaştiriş borasida erişilgan natijalar bilan bir qatorda uşbu sohani yanada rivojlantirişning dolzarb yönalişlari qayd etildi.

Xususan, özaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş, logistik zanjir tizimini takomillaştiriş, manzilli marketing va eksport siyosatini işlab çiqiş har ikkala tomonning istiqboldagi özaro hamkorlik yönalişi ekanligi ta'kidlandi.

Fransiya rivojlantiriş agentligi ekspertlari uşbu yönalişda ustuvor vazifalar qatoriga eksport faoliyatini muvofiqlaştiriş hamda institutsional va infratuzilmaviy masalalarni kompleks hal etiş zarurligini e'tirof etdilar. Fransiyaning qişloq xöjaligini rivojlantiriş sohasida töplagan boy tajribasi hamda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoşligini hisobga olgan holda tomonlar uşbu yönalişda hamkorlik qilişni yangi pallasiga ötişdan manfaatdor ekanliklarini izhor etdilar.

Uçraşuvda şuningdek monopoliyaga qarşi tartibga soliş qonunçiligi va professional salohiyatni rivojlantiriş borasida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida raqobat holatini örganiş sohasida Fransiyaning raqobatni rivojlantiriş davlat organi bilan hamkorlik örnatiş masalasi ham körib çiqildi. 

Uçraşuv yakunida tomonlar respublikada agro-logistika markazlarini taşkil etiş xohişi bölgan tadbirkor va fermerlar uçun Fransiyaning ulgurji-taqsimot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanişişi maqsadida tanişuv safarlarini uyuştirişga kelişib olindi.