Qutqaruvçilar Yangi Moskvada qurilayotgan tunnelning suyuq betonli konstruksiyasining tuşib ketişi oqibatida halok bölgan ikkinçi işçi jasadini topildi. Bu haqda RIA Novosti şahar favqulodda xizmatlaridagi manbaga asosan xabar berdi.
Qutqaruvçilar halok bölgan inson jasadini konstruksiyalarni yiğib oliş jarayonini yakunlaş çoğida aniqlaşdi. Avvalroq manba favqulodda vaziyat joyida ikkinçi işçining kiyim qismi topilgani haqida xabar bergandi.
Tunnel Kaluga şossesining 23-kilometridagi 40 kvadrat metrlik joyda kunduz kuni qulab tuşdi. Konstruktsiyaning kengligi — 20 metr, uzunligi — 500 metr. Dastlabki ma'lumotlarga köra, hodisaga – işlab çiqariş qoidalarining buzilişi sabab bölgan. Avvalroq halokat oqibatida bir kişi halok bölgani hamda uç inson jarohat olgani xabar qilingandi.












