Aleksey Navalnyyning Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi direktori Roman Rubonov Tergov qömitasiga Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev hamda milliarder Alişer Usmonovga nisbatan jinoiy iş qözğatişni sörab murojaat qildi. Bu haqda RBK xabar yozgan.
Rubanov Jinoyat kodeksining 290 va 291-moddalari böyiça iş oçişni taklif etgan. Murojaatda 2010 yilning avgustida Usmonov Moskva yaqinida joylaşgan Znamenskoye qişloğida uy va yer uçastkasini ijtimoiy-madaniy taşabbuslar fondiga sovğa qilgan. Bu fondga esa boş vazirning rafiqasi Svetlana Medvedeva prezidentlik qiladi, fondga berilgan mulk qiymati 5 milliard rubl miqdorida ekani aytilgan.
Korrupsiyaga qarşi kuraş fond vakillari Tergov qömitasiga murojaatida aniqlik kiritişiça, fond kuzatuv kengaşi raisi Medvedevning kursdoşi Ilya Yeliseyev, boş direktor esa uning boşqa bir kursdoşi Aleksey Çetvertkov hisoblanadi.
«Usmonovning tadbirkorlik faoliyati davlat şartnomalari, şuningdek, Medvedev qabul qiladigan normativ hujjatlarga boğliq bölgani tufayli, 5 milliard rubllik köçmas mulkning bu tarzda berilişi pora hisoblanadi», — deyilgan arizada.
Rubanov RBK muxbiri bilan suhbatda Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi Adliya vazirligi hamda IIVdagi kamomadlar böyiça ham şikoyat qilmoqçi ekanini bildirgan. U şuningdek, Rossiya hukumatiga va prezident ma'muriyatiga korrupsiya böyiça sörov jönatmoqçi. Rubanovning qayd etişiça, uning bu murojaati hukumat rahbari Dmitriy Medvedev hamda tadbirkor Alişer Usmonov munosabatlari böyiça böladi.
Bundan oldinroq, Navalnyy Medvedevning «maxfiy imperiya»si foş etgani haqida xabar berilgandi. Unda Medvedev «eng obröli mavzelarda uy-joylar, yaxtalar, kvartiralar, Rossiya hamda xorijda agromajmualar hamda vinozavodlar»ga egalik qilişi bildirilgandi.
Keyinroq Medvedevning matbuot kotibi Natalya Timakova bu material prezidentlik saylovida nomzod sifatida iştirok etişi kutilayotgan Navalnyyning «saylovoldi kampaniyasini ifodalaş xarakteri»ga ega ekanini bildirdi.

















