Korrupsiyaga qarşi kuraş fond asosçisi Aleksey Navalnyyning saylovçilar örtasidagi nufuzi oşmoqda. «Levada-sentr» vakiliga asoslanib Republic naşrining xabar qilişiça, uşbu siyosatçining reytingi 2 barobar ösib, 10 foizga yetgan. U endilikda oldindagi saylovlarda Putinning asosiy raqibiga aylangan.

Şuningdek, uning taniqlilik böyiça körsatkiçi ham maksimumga yetgan. Mart oyida ötkazilgan sörovlarga köra, 55 foiz kişi Navalnyyni tanişini bildirgan. Taqqoslaş uçun, fevral oyida bu körsatkiç, 47 foizga teng bölgandi.

Şu bilan birga rossiyaliklarning 40 foizi agar saylovlar yaqin haftada ötkazilsa, uni qöllamasligini bildirgan. 

Bundan oldinroq boş vazir Dmitriy Medvedevning faoliyatini ma'qullamaydigan kişilar soni uni qöllab-quvvatlayotganlar sonidan ortgani ma'lum bölgandi.

Aynan Navalnyyning Medvedev haqidagi tekşiruvlari va u maxfiy imperiya taşkil qilgani haqidagi iddaolaridan söng namoyişlar boşlangan, FXX esa Navalnyyni qölga olgan, uning Korrupsiyaga qarşi kuraş fondida tintuv ötkazgandi.

«U sizga şunçaki Dimon emas». Medvedevning «maxfiy imperiya»si foş etildi