Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev «eng obröli mavzelarda uy-joylar, yaxtalar, kvartiralar, Rossiya hamda xorijda agromajmualar hamda vinozavodlar»ga egalik qiladi. Bu haqda siyosatçi Aleksey Navalnyy öz blogida ma'lum qilgan.
Uning korrupsiyaga qarşi kuraş fondi ma'lum qilişiça, «bu mulklarning barçasi davlat banklari kreditlari hamda oligarxlardan olingan poralar evaziga paydo bölgan». Siyosatçi Medvedev va uning işonçidagi kişilar notijoriy fondlar asosida «ulkan jinoiy tizim barpo etişgani» haqida yozgan.
«Aktivlarning haqiqiy egasini aniqlaşning deyarli imkoni yöq, çunki xayriya fondlari heç kimga tegişli emas. Medvedevning mulklarini uning döstlari, kursdoşlari va işongan kişilari boşqaradi», deyilgan tekşiruvda.
Bundan oldinroq KKF (Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi) 2 mart kuni Plesetskda «Medvedevning daçasi» borligi, bu joy «Dar» va «Gradislava» fondlari nomidaligi haqida ma'lum qildi. «Gradislava» fondi ta'sisçisi Leonid Rubtsov «Grin Yard» firmasini ham boşqaradi. Bu kompaniya Medvedevning kursdoşlari Ilya Yeliseyev va Aleksey Çetvertkov tomonidan boşqariladigan «Sotsgosproyekt» fondi tomonidan qöllab-quvvatlanadi.
«Sotsgosproyekt» fondi Rublyovkada «haşamatli qörğon»ga ega bölib, uning maydoni 3,7 ming kv m. KKF uni 5 milliard rublga baholagan. Uşbu mulk milliarder Alişer Usmonov tomonidan fondga sovğa qilingani aniqlangan.
Kursk viloyati hududidagi Mansurovo qişloğida boş vazirga tegişli yana bir danğillama hovli aniqlangan (bu yerda Medvedevning amakisi istiqomat qiladi). Uning maydoni 240 ming kv m: bu yerda ikkita vertolyot qöniş maydoni, ulkan suv havzasi hamda tennis korti mavjud. Şu qişloqda «Mansurovo» agromajmuasi bor va u hukumat raisining amakivaççasi nomiga rasmiylaştirilgan.
Navalnyyning sözlariga köra, Medvedev Anapada (Rossiya janubidagi şahar) uzum plantatsiyasi va «Psexako»da 7 milliard rublga baholangan qarorgohga egalik qiladi. Rublyovkada 20 gektar maydondagi yana bir danğillama hovli ham unga tegişli. Şuningdek, vazirning Krasnodar ölkasida yer maydonlari, Sankt-Peterburgda qadimiy qörğoni, Toskanada uzum dalasi, 2ta haşamatli yaxtasi bor.
Navalnyyning fondi ötkazgan tergov xulosasida aytilişiça, Medvedevga aloqador fondlar har yili xayriya va kredit körinişida 70 milliard rubl oladi.

















