Kogonlik Bahrom Röziyev (ism-familiyalar özgartirilgan) ançadan buyon valyuta qimmatliklarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan şuğullanib keladi. Bu bois bu “kasb”ni puxta özlaştirgan. Ayni çoğda, qamrovni kengroq oliş va muşkulini osonlaştiriş maqsadida talay “hamkorlar” orttirgan. Ular bilan xoh yuzma-yuz muloqot paytida, xoh telefon orqali suhbatlaşiş çoğida bölsin, huşyorlikni aslo unutmaydi. Doimo şartlaşilgan, asl ma'nosini faqat özlari biladigan, boşqalar tuşunmaydigan maxfiy söz-iboralar vositasida gaplaşadi. Bunga şeriklari ham könikib ketişgan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Öşa kuni ham şunday böldi. Ötgan yilning fevral oylarida unga Rustam ismli hamtovoği qönğiroq qilib, “suyunçi” oldi.
- Hormang endi! – dedi quvnoq ohangda. – Bugun bitta “jirniy kliyent” topdim.
- Rostdanmi? – Bahrom işonqiramay söradi. – Xöş, bahosi qança ekan öşa “kliyent”ning?
- Şu desang... 83 ta “kök piyoz” kerak ekan.
- Ha, unda bir uçraşib qöysak. Natijasi çakki bölmaydiganga öxşaydi.
Yangi mijoz “Bahodir” bilan qönğiroqlaşib, uçraşuv joyini va vaqtini kelişib oldi. Belgilangan joyda 8 ming 300 AQŞ dollarini berib, 51 mln. 792 ming söm pulni sanab körib, çöntaklariga urişdi. Ammo juftakni rostlaşga ulgurişmadi. Çunki zum ötmay huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari qurşovida qolişdi...
B.Röziyev hamda R.Husanov jinoyat işlari böyiça Kogon tuman sudining hukmi bilan tegişli jazoga tortildilar.












