Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sibirda bir kun qoliş haqida qaror qabul qildi va Krasnoyarsk ölkasidagi örmonda tunni ötkazdi. Bu haqda Rossiya yetakçisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar qildi, deb yozmoqda RIA «Novosti».
«U ötgan tunni öşa yerda ötkazdi, bugun ham örmonda qoladi, hamda ertaga ertalab Moskvaga qaytib keladi», - dedi Peskov.
Peskovning qöşimça qilişiça, «şaroitlar safardagidek, prezident bir sutka dam olişga qaror qildi».
Uning sözlariga köra, prezident ertaga, 3 mart kuni Moskvada böladi. Peskovning ta'kidlaşiça, Putin örmonda tunni ötkaziş haqidagi qarorni Krasnoyarskdagi amaliy dasturi yakuni böyiça qabul qilgan.












