Ukrainaning Lvov viloyati hududidagi «Stepnaya» şaxtasida portlaş yuz berib, kamida 11 konçi halok böldi. Bu haqda UNN xabar tarqatgan.

«Stepnaya» şaxtasida avariyali holat. Metan portlagan, qurbonlar soni 11 nafar», — degan Ukraina erkin kasaba-uyuşmalari konfederatsiyasi rahbari Aleksandr Volinets.

Ayni vaqtda kon içida 172 konçi bor, şulardan 34 nafari avariya röy bergan hududda.

Portlaş oqibatida jarohatlangan 6 kişi yuqoriga çiqarib olingan.

20 kişining taqdiri noma'lumligiça qolmoqda.

Ukraina prezidenti Petro Poroşenko hukumatga mamlakatdagi kömir qazib çiqaruvçi barça korxonalarda tekşiriş işlarini ötkazişni buyurdi va Lvov viloyatidagi şaxtada yuz bergan portlaş tufayli motam e'lon qildi.

"Ukraina prezidenti Lvov viloyatidagi portlaş tufayli mamlakatda milliy motam kunini e'lon qildi. Tegişli farmon bugunning özida imzolangan. Prezident, şuningdek, mamlakat Vazirlar mahkamasiga Ukrainadagi kömir qazib çiqaruvçi barça korxonalarda tekşiruv ötkazişni buyurgan", — deb yozgan Poroşenkoning matbuot kotibi Tsegolko özining feysbukdagi sahifasida.