JAR şarqida 150 nafardan ortiq noqonuniy konçi politsiya va qutqaruvçilar hamkorligida tört kun oldin avariya sodir bölgan taşlandiq oltin şaxtasidan olib çiqildi, deb xabar beradi BBC.

«Mpumalanga provinsiyasining Sabi şahri hududida joylaşgan, çuqurligi 150 metrga yetadigan şaxtadan 153 kişi çiqarib olindi. Şuningdek, uç nafar konçining jasadi ham yer yuzasiga olib çiqildi. Noqonuniy migrantlarning barçasi qölga olingan. Ularning aksariyati qöşni Mozambik fuqarolaridir», — deyiladi xabarda.

Konçilarning ma’lum qilişiça, ular qurollangan jinoyatçilar tomonidan yer ostida zöravonlik bilan uşlab turilib, oltin qazişga majburlangan. Politsiya va hukumat körsatmalarni tekşiriş bilan şuğullanmoqda.

Ta’kidlanişiça, JAR şimolidagi Stilfonteyn şahrida joylaşgan taşlandiq oltin konida inqirozli vaziyat saqlanib qolmoqda — u yerda noqonuniy işçilarning katta guruhi hibsga oliniş va deportatsiyadan qörqib yer yuzasiga çiqmay kelyapti. Politsiya va armiya uç oydan beri şaxtani bloklab qöygan. Ayni vaqtda u yerdan 1387 nafar noqonuniy migrant olib çiqilgan bölib, ularning barçasi qölga olingan. Turli ma’lumotlarga köra, şaxtada 300 nafardan 4 ming kişigaça odam bölişi mumkin. Yer ostida işçilar bilan birga qurollangan soqçilar ham borligi aytilmoqda.