Mali ğarbida noqonuniy oltin qazib olişga möljallangan şaxtaning qulaşi oqibatida kamida 48 kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy politsiyadagi manbalariga tayanib The Guardian xabar berdi.

Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, mazkur voqea oldinlari Xitoy kompaniyasiga tegişli bölgan taşlandiq konda yuz bergan. Manbalarning qayd etişiça, halok bölganlarning asosiy qismi ayollardir. Ekologiya taşkiloti rahbarining ma’lum qilişiça, qurbonlarni qidiriş işlari davom etmoqda.

Agentlikning ta’kidlaşiça, köplab insonlarning ölimiga olib keladigan bu kabi holatlar toğ-kon obektlaridagi noqonuniy faoliyatlar tufayli tez-tez sodir bölib turadi.

Mali — oltin qazib oliş hajmi böyiça Afrikada törtinçi örinda turadi. Mamlakat oltin, temir rudasi, marganets, litiy va uranning ulkan zaxirasiga ega. 2024 yil yanvarda Mali janubi-ğarbidagi Kangaba hududida joylaşgan oltin koni tunneli qulab tuşgandi. Öşanda hodisa oqibatida 73 kişi halok bölgan.

Eslatib ötamiz, 2025 yil yanvari boşlarida Samarqand viloyatidagi «Qoraqöton» toğ konidagi şaxtadan toşlarni kovlab olayotgan 5 kişi generatordan çiqqan gazdan zaharlangan, ularning 2 nafari voqea joyida vafot etgandi.