Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun mamlakatning birinçi prezidenti Islom Karimov şarafiga örnatiladigan maqbara, muzey va haykallar loyihalari bilan tanişdi. Bu haqda «Özbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida ma'lum qilindi deb yozadi «Gazeta.uz».
«Bizning xalqimiz va xalqaro hamjamiyat Islom Karimov nomini Jorj Vaşington, Şarl de Goll, Mustafo Kamol Otaturk kabi davlat arboblari qatoriga qöyadi», — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Prezident Islom Karimovga uning ona şahri Samarqandda maqbara qurilişi, uning haykallari Toşkent, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida örnatilişi haqida ma'lum qildi.

Özbekiston mustaqilligining 26 yilligiga Samarqand şahrida, har kuni respublikaning turli hududlaridan Islom Karimov qabrini ziyorat qiluvçi kişilar keladigan hududda maqbara barpo etiladi. Binoning içki va taşqi qismi Qur'on oyatlari hamda suralari yozuvlari bilan bezaladi.

«Majmua xalqimiz uçun, birinçi navbatda yoşlar uçun öziga jalb etuvçi ma'naviy obida böladi», — deya qayd etgan davlat rahbari.

Şuningdek, prezident Islom Karimovning haykali uning sobiq qarorgohi — Oqsaroy oldiga qöyilişini ma'lum qildi. Birinçi prezident uzoq yillar Toşkent şahri markazidagi Oqsaroy qarorgohida iş olib borgan. Bu yerda Islom Karimov jamoatçilik xayriya fondi va birinçi prezident nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasi faoliyat yuritadi.














