Amerikaning Boeing kompaniyasi Daniya mudofaa vazirligi ustidan sudga murojaat qildi. Bunga vazirlikning qirollik HHK ehtiyojlari uçun Boeing tomonidan işlab çiqarilgan A/F-18 Super Hornet F qiruvçi samolyotlarini rad etib, Lockheed Martin işlab çiqqan F-35A qiruvçilarini xarid qilişiga nima sabab bölganiga oydinlik kirituvçi hujjatlarni taqdim etmagani sabab bölgan. Bu haqda korporatsiya bayonotida ma'lum qilingan. 

"Boeing Daniya mudofaa vazirligini sudga berdi, çunki vazirlik qiruvçi samolyotlarni yetkazib beriş böyiça ötkazilgan tanlov xulosasiga doir hujjatlar bilan tanişiş böyiça bergan iltimosimizga javob bermadi", - deyiladi bayonotda. 

Boeing korporatsiyasining katta vitse-prezidenti Tom Bell Daniyaning TV2 telekanaliga bergan intervyusida izoh berişiça, Daniya mustaqil davlat sifatida tanlovda taqdim etilgan uçta qiruvçi samolyotdan birini tanlaşga töla huquqi bor edi. Biroq, Boeing mudofaa vazirligining tanlov yakuniga doir e'lon qilingan raqamlaridan norozi. Kompaniyaga köra, F/A-18 Super Hornet F qiruvçilarining yakuniy tannarxi va imkoniyatlari notöğri körsatilgan. Şunga binoan, bunday ma'lumotlarning davlat idorasi tomonidan e'lon qilinişi Boeing obrösiga jiddiy putur yetkazadi. 

Daniya mudofaa vazirligi, öz navbatida, Boeing aynan qanday hujjatlarni talab qilayotganini aniq bildirmagani sababli bu kabi hujjatlar töplamini olmaganini aytmoqda. 

Daniya hukumati 2016 yil may oyida qirollik HHK tarkibidagi F-16 qiruvçi samolyotlarini 27 dona beşinçi avlod F-35A Joint Strike Fighter qiruvçilariga almaştirişga qaror qilgan edi. Vazirlik uçun tavsiyanoma işlab çiqqan ekspertlar F-35A asosiy körsatkiçlar borasida A/F-18F hamda Eurofighter qiruvçilaridan ustun degan qarorga kelgan. 

Lockheed Martin samolyotlarining umumiy qiymati va servis xizmati 56 mlrd kron (7,9 mlrd dollar)ga aylanadi. A/F-18F qiruvçilarining 27 donasi 78 mlrd kron (11,1 mlrd dollar)ga aylanişi kerak edi. 

Boeing vazirlik baholari bilan umuman rozi emas. Unga köra, narxlar deyarli 2 marta qimmat körsatilgan.