Özini mustaqil deb e'lon qilgan "Donetsk xalq respublikasi" rahbari Aleksandr Zaxarçenkoning bayonot berişiça, Donbass aholisi Ukraina kuçlari qamali şaroitida yaşaşga könikma hosil qilgan. Endilikda, uning aytişiça, "DXR" Kiyevga qamal e'lon qiladi. 

"Biz uruşayotganimiz Ukraina bilan barça aloqalarni uzamiz. Ha, kömir sotdik, pul topiş va maoş tölaş uçun. Biz qamalda yaşaşni örgandik, şu sababli Ukrainaga qamal e'lon qilamiz", — degan u matbuot anjumanida. 

Avvalroq, Zaxarçenko Ukraina hukumati tomonidan e'lon qilingan transport qamaliga barham beriş uçun Ukrainaga tegişli korxonalarda taşqi boşqaruvni örnatganini e'lon qildi.