Özbekiston Inklyuziv internet reytingida (The Inclusive Internet Index) 47-örinni egalladi. The Economist Intelligence Unit'da şu haqida ma'lumot berildi.
Mamlakatlarning inklyuziv internet indeksi tört körsatkiç böyiça baholanadi: internetning mavjudligi, unga kiriş imkoni, arzonligi va dolzarbligi.
Internet mavjudligi körsatkiçlariga köra, Özbekiston 45-poğonani egallagan, kiriş imkoni böyiça esa mamlakat dunyo miqyosida 61-örinda qayd etilgan. Internet bahosining hamyonbopligi körsatkiçi böyiça Özbekiston 59-örinni egallagan, dolzarblik körsatkiçlariga köra esa - 37-örinda.
Internet mavjudligi böyiça birinçi örin ikki davlat - Singapur va Şvetsiya örtasida taqsimlandi. AQŞ mazkur reytingda uçinçi örinni egalladi.
Internetga kiriş imkoniga köra ham yuqorida nomlari qayd etilgan davlatlar yetakçilik qilmoqda.
Internet xizmatlarining hamyonbopligiga köra, Kanada, AQŞ va Fransiya ilk uç örinlarni egallaşgan.
Dolzarblik körsatkiçlariga köra esa, ilk örinlar AQŞ, Yaponiya va Buyuk Britaniya tomonidan zabt etilgan.
Törtinçi va beşinçi örinlarda Buyuk Britaniya va Yaponiya mamlakatlari qayd etilgan. Önlikdan şuningdek Janubiy Koreya, Fransiya ham örin olgan. Niderlandiya va Kanada sakkizinçi örinni bölişib olgan. Öninçi poğona Italiya tomonidan zabt etilgan.
MDH davlatlaridan Rossiya 16-örin, Ukraina 22-örin, Qozoğiston 25-örinda qayd etilgan.
Reytingning eng sönggi örinlarini (71-75) Madagaskar, Mali, Liberia, Niger va Kongo mamlakatlari egallagan.












