NASA sayyoralar ilm-fani bölimi rahbari Jim Grin Marsni xavfli fazoviy nurlanişdan himoya qilişga imkon beruvçi va sayyorada hayot uçun yaxşi iqlim şaroitini yaratib berişga imkon beruvçi magnitli tunnelni yaratişni taklif qildi. Olim öz ğoyalari haqida maxsus anjumanda sözlab berdi, deb xabar bermoqda The Daily Mail.

Sayyoraşunos Quyoş va Mars örtasida magnitli qalqon yaratişni taklif etmoqda. U Qizil sayyorani zaryadlangan fazoviy zarralar oqimidan himoya qilişga yetarli bölgan magnit maydonini yuzaga keltiruvçi öziga xos katta elektr dipoldan iborat böladi. Maydon tuzilmasi Mars himoya maydoni kuç liniyalari tomonidan taşkil etilgan tunnel içida bölişini nazarda tutadi.

Qalqon L1 holati – Mars va Quyoşni boğlovçi Lagranj nuqtasi böylab töğri holatda joylaşişi kerak. Gringa köra, magnit maydoni vaqt ötişi bilan Marsda atmosfera taşkil etilişiga xizmat qiladi – qadimda uning 90 foizi koinotga quyoş radiatsiyasi tomonidan olib çiqib ketilgan.

Olimning hisob-kitoblariga köra, himoya maydoni paydo bölganidan bir neça yil ötib Marsdagi atmosfera bosimi Yerdagi bunday holatning yarmiga yetişi mumkin. Bu issiqlik effekti tufayli yuz beradi, uning natijasida qutb şapkalari eriy boşlaydi hamda katta ehtimol bilan bir neça yuz million yildan söng sayyora okeanlarning katta qismi erib ketadi. Olimning fikriça, uning ğoyasi 2050 yilga qadar amalga oşirilişi mumkin.