Yaponiyaning Nissan konserni 27 fevral kuni Nissan Leaf muqobil modelining London şahrining jamoat köçalari hamda Milton-Kins va Bristol şaharlarida sinovini boşladi.
Maşinalarda kamida bir muhandis bölgan, biroq sinov boşqaruvi davomida xodimlar atigi bir neça marta yönalişga aralaşgan. Bundan taşqari, kompaniya vakillarining qayd etişlariça, ötgan kunlar davomida biror marta ham muqobil avtomobillar iştirokida YTH sodir bölmagan, deb yozmoqda Metro.
Nissan kompaniyasining bayonot berişiça, muqobil maşinalarini Yevropa yöllarida ilk marotaba sinamoqda. Muhandislar avtomobillar uçun murakkab yönalişni tanlaşgan. Unda yöl belgilari, avtoturargohlar, piyodalar ötiş joylari, kesişmalari köp bölgan. Muqobil maşinalarning sinov vaqtidagi eng yuqori tezligi soatiga 100 km bilan çeklangan.

Avtomobil 5ta radar, 12ta kamera va 4ta lidar (lazerli radar) bilan jihozlangan. Sinovlar yaxşi ötsa, Nissan Tokio-2020 Olimpiya öyinlari uçun muqobil avtomobillarni işlab çiqaradi.













