3 mart kuni Peruning poytaxti Limadan şimol tomondagi hududda noma'lum kişilar tomonidan qoldirib ketilgan çamadonda perulik jurnalistning bölaklangan va yoqib yuborilgan jasadi topildi. Bu haqda Peru politsiyasi ma'lum qildi.   

50 yoşli Xose Yaktayo ismli bu jurnalist ötgan şanba kuni bedarak yöqolgandi. Hozirça uning öğirlanişi va öldirilişi sabablari örnatilmagan, deb xabar bermoqda Meksikaning Excelsior portali.

Yaktayo oxirgi 12 yil xususiy telekompaniyada prodyuser bölib işlagan. Uning qotilligi Peru jurnalistlari tomonidan norozilik uyğotdi. Bu jinoyat Peruda joriy yilda jurnalistlar ahli vakilining birinçi öldirilişi böldi.