The New York Times naşri tahlilçilar bilan suhbatlaşdi va birjaga çiqqan Snap kompaniyasining (Snapchat messenjerining işlab çiqaruvçisi) yuqori qiymati nima bilan boğliq ekanini aniqladi.

«Snapchat haqida deyarli barça eşitgan – xabarlar va fotosuratlar almaşişga möljallangan ilova. U ösmirlarga möljallangan bölib, hattoki yoşi 35dan kattalarga ham yoqadi (Snapchat ularni yoşi ança katta deb hisoblaydi)», - deb yozadi The New York Times.

Sizni öz-özini yöqotuvçi fotosuratlarning jönatilişi qiziqtirmasa ham, bunday texnologiya qanday qilib 34 mlrd dollarga baholanişi aniq öylantiradi.

2017 yilning 2 martida Snapçat’ni işlab çiqqan kompaniya - Snap Inc Nyu-York fond birjasida öz aksiyalarini joylaştirdi. Savdolar oçilgunga qadar bir dona aksiya narxi 17 dollarni taşkil etgan bölsa, birja yopilişida bu körsatkiç – bir dona uçun 24,48 dollarni taşkil etdi – boşlanğiç qiymatdan 44 foizga köproq. Şu tariqa Snap’ning bozordagi qiymati taxminan 34 mlrd dollarni taşkil etdi.

Tahlilçilarning ta'kidlaşiça, Snapçat’ning ayni paytdagi qiymati sarmoyadorlarning kompaniyaga işonçi bilan boğliq – şu bilan birga, u Snap’ning 2020 yildagi ehtimoliy daromadidan 5-8 barobarga ortiq. «Snapchat Facebook va Alibaba bilan bir maydonda öynaydi, biroq messenjer va bu ikki kompaniya örtasidagi farq - Facebook hamda Alibaba’ning ança yirikroq ekanidadir – buning ustiga ular köproq daromad keltiradi».

Snap hozirça öz egalariga heç qanday daromad olib kelmayapti. 2016 yilda kompaniya 515 mln dollarlik çiqimga ega bölgan bölsa, 2015 yilda bu körsatkiç 373 mln dollarga teng edi. «Snapchat kompaniya tijoriy faoliyatining boşlagan yildan (2011 yil) beri har yili katta mablağlarni yöqotmoqda, hamda heç qaçon daromad olib kelişni boşlamasligi ham mumkin», - deya ta'kidlaşgan The New York Times’da.

Şu nuqtai nazardan muharririyatning ta'kidlaşiça, Snapçat’ni Twitter bilan taqqoslaş örinli – u ham mablağlarni barqaror ravişda yöqotib boruvçi ijtimoiy tarmoqdir.

«Albatta, Snap’dagi heç kimga ularni Twitter bilan soliştirişlari kerak emas. Ijtimoiy tarmoqda yangi foydalanuvçilarni jalb etiş va reklamadan daromad oliş borasida muammolar yetarliça». Twitter 2013 yilda IPÖga çiqqan bölib, kompaniyaning bir aksiyasi qiymati 26 dollarni taşkil etgandi. Biroq uşbu maqola yozilayotgan paytda ijtimoiy tarmoq aksiyasi taxminan bir dona uçun 15,8 dollarga baholanmoqda.