Migratsiya masalalari böyiça xalqaro taşkilot keyingi 9 kun içida Mösulning ğarbiy qismidan 45 mingdan ortiq kişi çiqib ketgani haqida ma'lum qildi. Bu şahar 2016 yil oktabridan buyon Iroq armiyasi qöşinlari tomonidan qamal qilinmoqda.
"Mösul ğarbidan çiqqan kişilarni joylaştiriş işlari jadal olib borilmoqda. Oxirgi 9 kunning özida 7619 oila (45714 kişi) maxsus joylarga joylaştirildi", deyilgan xabarda.
Bundan oldinroq AQŞ aviatsiyasi tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan Iroq armiyasi Mösulning markaziga hujum boşlagani xabar qilingandi.












