Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Aqlli" ayiq yoki josus qurilmasi ota-onalarga xavf tug‘dirmoqda

Internetga ulangan yumshoq ayiqcha yordamida bolalar va ularning ota-onalari bir-birlariga iliq xabarlar yo‘llay olishadi - bu xakerlarga ota-onalarning elektron manzillari va parollariga yo‘l ochib berishini hisobga olmaganda, yaxshi g‘oya, albatta. OAV xabariga ko‘ra, Spiral Toys kompaniyasining CloudPets "aqlli" yumshoq o‘yinchoqlari bilan xuddi shunday voqea yuz bergan. itsec.ru'da shu haqida xabar berildi.
Bir necha hafta davomida o‘yinchoq sohiblarining shaxsiy ma'lumotlar bazasi va ularning xabarlari istagan odam tomonidan internet orqali kuzatilishi mumkin edi. Shunga qaramay, ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, ma'lumotlar maxfiyligiga nafaqat ularning himoyalanmagan bazasi, balki yumshoq o‘yinchoqlarning o‘zi ham tahdid tug‘dirgan. Britaniyaning axborot xavfsizligi bo‘yicha eksperti Pol Stounga ko‘ra, g‘arazli maqsadli kishilar CloudPets jonivorini osonlik bilan josuslar qurilmasiga aylantirishi mumkin.
Stounning so‘zlariga ko‘ra, CloudPets'da Bluetooth-ulanishning hech qanday standart himoya mexanizmlari, masalan, o‘yinchoq va smartfondagi ilova o‘rtasida uzatilgan ma'lumotlarni shifrlovchi tizim yo‘q. 10 metr radiusdagi har qanday inson oddiy smartfon orqali o‘yinchoqqa ulanishi mumkin.
Xaker o‘yinchoqqa kiberhujum uyushtirib, uning yordamida bolani kuzatishi yoki uni qo‘rqitishi va haqorat qilishi mumkin. Yaqin oradagi istagan kishi ayiqchaga xabar yuklashi yoki sezdirmay mikrofonni yoqib, audioyozuvni ko‘chirib olishi hech gap emas. Agar unga qarata yo‘naltirilgan antenna qo‘llanilsa, hatto 10 metr radiusda joylashishga ham hojat qolmaydi, deydi Stoun.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

21:44 / 26.06.2025
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi

17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi

00:13 / 29.12.2024
Bokschi Shahram G‘iyosovning ayiq bilan kurashi tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘ldi

12:18 / 21.07.2024