2017 yil 4 mart kuni «Özbekiston» sport majmuasida katta boks keçasi bölib ötdi. Unda The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uçinçi bosqiçida Özbekistonning “Uzbek Tigers” jamoasi Rossiya Federatsiyasining “Patriot Boxing Team” jamoasiga qarşi ringga kötarildi.
Unda 49 kilogramm vazn toifasida Hasanboy Dösmatov Bator Sagaluyevga qarşi ringga çiqdi. 56 kgda Abdulhay Şorahmatov Dmitriy Şarafutdinov bilan kuç sinaşdi. Elnur Abduraimov 64 kg vazn toifasida Radmir Abdurahmonovga qarşi jang olib bordi. 75 kgda Isroil Madrimov va Rajab Rajabov özaro hisob-kitob qilişdi. Zuhriddin Mahkamov 91 kilogramm vaznda mehmon jamoa vakili Islom Tekeyevga qarşi imkoniyatini sinab kördi.

Aytiş joizki, qizğin va ayovsiz bölgan janglarda hamyurtlarimiz raqiblariga umuman imkoniyat qoldirişmadi. Hakamlarning yakdil qarorlariga köra,
“Uzbek Tigers” jamoasi “Patriot Boxing Team” jamoasini 5-0 hisobida mağlub etdi.
Şu bilan Özbekiston jamoasi özining guruhdagi ilk ğalabasini qölga kiritdi.

Endi “Uzbek Tigers” jamoasi yana ikki marta raqiblarini qabul qiladi. 18 mart kuni Xitoyning “China Dragons” jamoasi yurtimizga taşrif buyuradi. 1 aprel kuni Qozoğistonning “Astana Arlans Kazakhstan” termasi “Uzbek Tigers” mehmoni böladi. Guruhdagi sönggi turda “Uzbek Tigers” Rossiyaga safar qilib, 21 aprelda “Patriot Boxing Team” bilan javob bahsini ötkazadi.

Ma'lumki, “Uzbek Tigers” boksçilar klubi 2016 yilda taşkil etilgan. VII faslda uning tarkibiga 30 nafar boksçi kirgani ma'lum böldi. Qayd etiş kerakki, uşbu bahsdan oldingi 2 turda muvaffaqiyatsizlikka uçragan jamoa tarkibi töliq yangilandi.

WSB AIBA Butunjahon Boks Seriyasi VII faslning uçta guruhi 12 ta jamoadan iborat. “Uzbek Tigers” «S» guruhida “China Dragons” (Xitoy), “Patriot Boxing Team” (Rossiya) hamda “Astana Arlans Kazakhstan” (Qozoğiston) jamolari bilan bir qatorda ringga tuşadilar. Boksçilarimiz şu paytga qadar “Astana Arlans” hamda “China Dragons” jamoalari bilan mehmonda jang ötkazgan va ikki kuç sinaşişda ham raqiblariga mağlub bölişgan edi.













