AIBA prezidenti lavozimidan muvaqqat iste'foga çiqqan Ğofur Rahimovning bu mansabga qaytiş huquqi bekor qilingani haqidagi xabarlar asossiz, deb bayonot berdi özbekistonlik funksionerning matbuot kotibi Ziyovuddin Hojiniyozov.

Hojiniyozovga köra, AIBA Ijroqömining ötgan hafta qabul qilgan qarorini Rossiya boks federatsiyasi boş kotibi Umar Kremlev xato talqin qilgan.

«Umuman notöğri. Bu – böhton. Umar Kremlev öqimagani sababli nima gapirayotganini özi bilmaydi. AIBA prezidenti lavozimidan vaqtinçalik çetlaşib, qaytib keliş huquqi AIBA Ustavida belgilab qöyilgan. Ustavni esa faqat Kongress özgartira oladi», – dedi Rahimovning rasmiy vakili Toşkentda jurnalist Ismat Xuşevga bergan intervyusida.

Umar Kremlevning keskin bayonoti

Umar Kremlev / Foto: RIA Novosti

Ötgan hafta jahon havaskor boksining boş taşkiloti Ijroiya Qömitasi Jyenevada navbatdan taşqari yiğiliş ötkazib, AIBA Reglamentidan (AIBA Bylaw) 16-moddani çiqarib taşlaşga qaror qilgan edi. Şundan söng Ijroqöm a'zosi Umar Kremlev bayonot bilan çiqib, AIBA «butun boks olamini aldagan insondan qutulgani»ni iddao qilgandi.

«Bugun biz birlaşib, jiddiy qarorni qabul qildik – qarzlarni yopişi va XOQ bilan til topişa olişini aytib, butun boks olamini aldagan insondan qutuldik.

Ğofur Rahimov AIBA`ni bankrotlik yoqasiga keltirib qöydi. U butun boks jamoatçiligidan uzr söraşi kerak.

Bugun u qayta olmasligi uçun Ustavdan tegişli bandni çiqarib taşladik va 15 noyabr kuni Kongress çaqirişga qaror qildik. Unda AIBA`ga yangi rahbariyatni saylaymiz», – degan Kremlevning sözlarini keltirgan edi Rossiya boks federatsiyasi rasmiy sayti.

Bu haqda batafsil:

Rossiya boks federatsiyasi boş kotibi Ğofur Rahimov haqida: «Butun boks olamini aldagan odamdan xalos böldik»