Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvçi Muhammad Mustasan iste'foga çiqdi. Bu haqda Inside the Games portali xabar berdi. 

AIBA ijroiya qömitasi Mustasanni uşbu lavozimga 23 martda tayinlagandi. U Ğofur Rahimov örnini egallagandi.

Xalqaro olimpiya qömitasi AIBA’ni tan oliniş huquqidan mahrum etdi, biroq Tokiodagi Olimpiya öyinlarida boks turnirini saqlab qoldi. AIBA XOQning moliya, boşqaruv, hakamlik va axloq böyiça talablarini bajara olmagan. Bundan taşqari, XOQ Rahimovning AIBA rahbari lavozimiga saylanişiga qarşi çiqqan.

AIBA ijroiya qömitasi a'zosi Umar Kremlevning ma'lum qilişiça, uyuşma avgustda prezident saylovlari sanasi böyiça qaror qabul qiladi.

“Saylov sanasi böyiça qaror hali qabul qilinmadi. Ehtimol, u köçiriladi. Ijroiya qömitasining avgustda yiğilişi ötkazilişi rejalaştirilmoqda, öşanda sana böyiça qaror qabul qilamiz”, deb aytgan Kremlev.  

Avvalroq uyuşma rahbari saylovlari 2020 yilga köçirilişi mumkinligi ma'lum qilingandi.