Özbekistondagi beşta ta'lim muassasasi – bitta institut va 4 ta kollej Özbekiston Respublikasi avtomobil yöllari davlat qömitasi tasarrufiga ötkazildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga köra, "Özavtoyöl" kompaniyasi negizida taşkil topgan yangi qömita tasarrufiga Toşkent avtomobil yöllarini loyihalaş, quriş va ekspluatatsiyasi instituti (avvalgi Toşkent avtomobil yöllari instituti) ötkazildi.
Şuningdek, yana 4 ta ta'lim muassasasi: Buxoro avtomobil va yöllar kasb-hunar kolleji, Qöqon avtotransport kasb-hunar kolleji, Urganç avtomobil va yöllar kasb-hunar kolleji va Toşkent avtomobil yöllari kasb-hunar kolleji ham yangi qömita tasarrufiga ötkazildi.
Avval bu ta'lim muassasalarining barçasi Özbekiston Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi tarkibiga kirgan.
Uşbu özgarişlar kadrlarni maqsadga yönaltirilgan holda tayyorlaş va mutaxassislarning tayyorgarlik darajasini oşirişga kömak beradi.











